Главная » Yangiliklar » Amsterdam aeroportidagi samolyotning shassi bo‘lmasida o‘spirin jasadi topildi
Amsterdam aeroportidagi samolyotning shassi bo‘lmasida o‘spirin jasadi topildi

Amsterdam aeroportidagi samolyotning shassi bo‘lmasida o‘spirin jasadi topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Amsterdam aeroportidagi samolyotning shassi bo‘lmasida o‘spirin jasadi topildi
  • Дата релиза: 08-06-14, 13:08
Amsterdam aeroportidagi samolyotning shassi bo‘lmasida o‘spirin jasadi topildi
Amsterdam aeroportidagi samolyotning shassi (g‘ildirakli qismi) bo‘lmasida o‘spirin jasadi topildi. U yaqinda Norvegiyada yo‘qolgan 17 yoshli yigitga tegishli murda deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda Vesti.ru xabar berdi.

Jasadni Gollandiya chegarachilari topib olishgan. U aynan o‘sha yo‘qolib qolgan yigit ekanligi aniq emas, biroq jasadning tavsifi va uning yonidan chiqqan buyumlar shunga ishora qilmoqda. Norvegiya politsiyasi yigitning ota-onasi bilan bog‘lanib, bu haqda xabar bergan.

O‘spirin boshqa mamlakatga chiptasiz uchmoqchi bo‘lgani, biroq nafasi qaytib halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, jasad topilgan KLM aviakompaniyasi samolyoti Norvegiyaning Sandefyord-Torp aeroportidan 5-iyun kuni ertalab uchib ketgan. Aviakompaniya vakillari ham hodisa haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, biroq batafsil izoh berishdan bosh tortdi.
Логин:
Пароль: