Главная » Yangiliklar » ​Andijon shahrida 21 yoshli talaba davolash va diagnostika markazini ochdi
​Andijon shahrida 21 yoshli talaba davolash va diagnostika markazini ochdi

​Andijon shahrida 21 yoshli talaba davolash va diagnostika markazini ochdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Andijon shahrida 21 yoshli talaba davolash va diagnostika markazini ochdi
  • Дата релиза: 20-04-17, 00:43
​Andijon shahrida 21 yoshli talaba davolash va diagnostika markazini ochdi
Andijon shahrida “Fetus medicine” davolash va diagnostika markazi ish boshladi. “Medikal-Andijan” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu markazda xotin-qizlarga ginekologiya, dermatologiya, fizioterapiya, UZI, EKG, qonva siydik taxlillari bo`yicha xizmat turlari taklif etiladi. 26 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko`rsatayotgan ushbu maskanda bemorlar stasionar va ambulator sharoitida davolanishlari mumkin.

1 milliard 125 million so`m mablag` evaziga bunyod bo`lgan muassasada boshqa turdosh markazlardan farq qiluvchi jihatlar juda ko`p. Masalan, kam ta`minlangan, nogiron, boquvchisini yo`qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko`rsatiladi. Eng so`nggi rusumdagi va jahonning tibbiyot sohasidagi texnik vositalar ishlab chiqarishda etakchi mamlakatlar bo`lmish Xitoy va Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan texnik tibbiy vositalar to`g`ri, aniq tashxis qo`yish va davolash imkonini beradi. Bemorlar bepul nonushta, maslahat va boshqa xizmat turlaridan foydalanish imkoniga ham egalar.

-Stasionar usulda davolanish uchun 17 o`rinli maxsus xonalar mavjud bo`lib, ularda barcha sharoitlar mujassam,-deydi bosh shifokor Malikaxon Hasanova. –Bu erda nafaqat, davolanish, balki, mehmonlarni kutib olish va kuzatish uchun alohida xonalar ham tashkil etilgan. Eng muhimi, xonalar shu tarzda ta`mirlandiki, unda mijozlar o`zlarini kasalxonada emas, balki mehmonxonada yotgandek tasavvur etadilar. Bu esa ularning tezroq davolanishlariga ruhan ko`mak beradi.

Andijon davlat tibbiyot institutining ikkinchi bosqich talabasi, 21 yoshli Jasurbek Qo`chqorov rahbarligidagi ushbu jamoa o`z faoliyatini xayrli ishlarga yo`naltirishni rejalashtirganlar.

Muassasa faoliyatining ilk kunida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi besh nafar bolajonlarning sunnat to`ylarini tashkillashtirib berdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: