Главная » Yangiliklar » ​Andijonda kollej o`quvchisi qutqarib qolindi
​Andijonda kollej o`quvchisi qutqarib qolindi

​Andijonda kollej o`quvchisi qutqarib qolindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Andijonda kollej o`quvchisi qutqarib qolindi
  • Дата релиза: 26-04-17, 18:59
​Andijonda kollej o`quvchisi qutqarib qolindi
2017 yil 20 aprel kuni soat 13:35 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik qismiga tezkor xabar kelib tushdi.

Unga ko`ra, Oltinko`l tumani “Xasan-Xusan” mahalla fuqarolari yig`ini “Shodlik” ko`chasi 69 uyda yashovchi 1998 yilda tug`ilgan shu tumandagi Agro iqtisodiyot kolleji o`quvchisi Ikromov Orifjon Ulug`bekovich Qoradaryoda cho`milayotgan vaqtda daryo suvining tezligi katta bo`lgani sababli, daryo o`rtasidagi orolchada qolib ketganligi ma`lum bo`ldi.

Tezkor xabarga ko`ra, boshqarma boshlig`i o`rinbosari E.Aripov boshchiligidagi qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib bordilar. Holdan toygan fuqaro Ikromov Orifjon zudlik bilan qutqaruvchilar tomonidan qutqarib oldindi va unga birinchi yordam ko`rsatildi. Orifjonning oila a`zolari qutqaruvchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: