Главная » Yangiliklar » Andijonda qilichbozlik markazi barpo etilmoqda
Andijonda qilichbozlik markazi barpo etilmoqda

Andijonda qilichbozlik markazi barpo etilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Andijonda qilichbozlik markazi barpo etilmoqda
  • Дата релиза: 21-05-14, 23:04
Andijonda qilichbozlik markazi barpo etilmoqda
Davlatimiz rahbarining «O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarligi to'g'risida” gi qarorida Olimpiada o'yinlari dasturidan o'rin egallagan qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirish va ommaviylik darajasini oshirish maqsadida Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan qilichbozlik markazini barpo etish vazifasi belgilangan.

Kuni-kecha Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan qilichbozlik markazining poydevoriga birinchi g'isht qo'yildi. O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Sobir Ro'zievning ta'kidlashicha, qilichbozlik markazini barpo etish uchun Andijon shahri bejiz tanlanmagan.

“Bugungi kunda O'zbekiston terma jamoasining aksariyatini andijonliklar tashkil etadi. Yaqinda Iordaniya davlatida o'tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz o'smirlar terma jamoasini umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashida Andijon qilichbozlik maktabining tarbiyalanuvchilari J.Nurmatov va A. Nasriddinovlarning hissalari katta bo'ldi. Kelajakda mazkur ixtisoslashtirilgan zal Olimpiada o'yinlari dasturidan o'rin egallagan qilichbozlik sport turini nafaqat Andijonda, balki butun Farg'ona vodiysida rivojlantirish uchun xizmat qiladi”, – deydi S.Ro'ziev.

Zamonaviy loyiha asosida barpo etilayotgan markazda qilichbozlik zalidan tashqari 50 o'rinli yotoqxona ham qad rostlaydi. Loyiha qiymati 4,5 milliard so'mga teng bo'lib, u Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan moliyalashtiriladi.
Логин:
Пароль: