Главная » Yangiliklar » Andijonda “usta” o‘zi ishlayotgan xonadon egalarini tunadi
Andijonda “usta” o‘zi ishlayotgan xonadon egalarini tunadi

Andijonda “usta” o‘zi ishlayotgan xonadon egalarini tunadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Andijonda “usta” o‘zi ishlayotgan xonadon egalarini tunadi
  • Дата релиза: 25-06-17, 13:47
Andijonda “usta” o‘zi ishlayotgan xonadon egalarini tunadi
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Sarqamish mahallasida yashovchi fuqaro uyida bo‘lgan 16 million so‘mlik tilla taqinchoqlari va 9 million so‘m puli o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilib, ichki ishlar bo‘limiga murojaat etdi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyat IIB ma’lum qildi.

Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxs aniqlanib, undan ashyoviy dalillar olindi.

Mazkur jinoyatni jabrlanuvchining uyida qurilish ishlari bilan shug‘ullanib kelgan shaxs sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: