Главная » Yangiliklar » Andijonda zarur hujjatlarsiz Yulduz Abdullayeva va Oyxon Eshonxonova ishtirokida konsert o‘tkazilgani aniqlandi
Andijonda zarur hujjatlarsiz Yulduz Abdullayeva va Oyxon Eshonxonova ishtirokida konsert o‘tkazilgani aniqlandi

Andijonda zarur hujjatlarsiz Yulduz Abdullayeva va Oyxon Eshonxonova ishtirokida konsert o‘tkazilgani aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Andijonda zarur hujjatlarsiz Yulduz Abdullayeva va Oyxon Eshonxonova ishtirokida konsert o‘tkazilgani aniqlandi
  • Дата релиза: 13-12-17, 23:02
Andijonda zarur hujjatlarsiz Yulduz Abdullayeva va Oyxon Eshonxonova ishtirokida konsert o‘tkazilgani aniqlandi
29-noyabr kuni Andijon shahridagi “Oltin vodiy” to‘yxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Abdullayeva hamda xonanda Oyxon Eshonxonova ishtirokida “El aro inson aziz” nomli konsert dasturi tashkil etildi, deb xabar beradi Soliq qo‘mitasi axborot xizmati.

“Vodiy tantana media” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ozodbek Mirzayev tashabbusi bilan uyushtirilgan konsert tadbiri zarur hujjatlar asosida rasmiylashtirilmagani aniqlandi.

Bundan tashqari, ruxsatnomasiz tashkil etilgan tadbir uchun sotuvga chiqarilgan chiptalar davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan edi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi hamda Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorlikda ushbu konsertning to‘g‘ri tashkil etilishi, sotilgan chiptalarning naqd pul tushumi yuzasidan monitoring-xronometraj tadbirini amalga oshirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilardan olingan chiptalar sanoqdan o‘tkazilib, har biri 50 ming so‘mdan ekanligi, jami 600 nafar fuqaroga sotilganligi ma’lum bo‘ldi.

“Vodiy tantana media” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ozodbek Mirzayev tushuntirish xatida uch kun muddatda tomoshadan tushgan 30 million so‘m naqd pul mablag‘lari bank kassalariga topshirilishi yuzasidan rasman ogohlantirilganligini bildirib, yo‘l qo‘yilgan xato uchun uzr so‘radi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: