Главная » Yangiliklar » Android qurilmalaridan faol foydalanuvchilar soni bir milliarddan oshdi
Android qurilmalaridan faol foydalanuvchilar soni bir milliarddan oshdi

Android qurilmalaridan faol foydalanuvchilar soni bir milliarddan oshdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Android qurilmalaridan faol foydalanuvchilar soni bir milliarddan oshdi
  • Дата релиза: 27-06-14, 23:56
Android qurilmalaridan faol foydalanuvchilar soni bir milliarddan oshdi
O‘tgan yili Android qurilmalardan foydalanuvchilar soni 900 millionni tashkil etgan edi. 25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Google I/O konferensiyasida Google’ning Android va Chrome bo‘limlari boshlig‘i Sundar Pichay bu ko‘rsatkichlar yangi rekord natija qayd etganini ta’kidladi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Sundarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 30 kun ichida Android’li qurilmalardan faol foydalanuvchilar soni bir milliardan oshgan va ushbu foydalanuvchilar kuniga 100 milliard marta o‘z qurilmalaridan foydalanadi.

Bugungi kunda Android qurilmalari yordamida kuniga 93 millionta “selfi” olinadi va 20 milliard dona SMS jo‘natiladi.

Shuningdek, Google planshetlari sotuvi hajmi 46 foizdan 62 foizga o‘sgan. Mobil qurilmalar sotuvi esa Chrome brauzerining mobil versiyasidan foydalanuvchilar sonini ham oshirgan: Chrome’ning mobil talqinidan kuniga 300 million kishi foydalanadi.

Google Play’dan Android dasturlarni yuklab olish ham o‘tgan yilga nisabatan 236 foiz o‘sishni qayd etgan.
Логин:
Пароль: