Главная » Yangiliklar » Angliyada fil o‘zini iPhone yordamida suratga tushirdi
Angliyada fil o‘zini iPhone yordamida suratga tushirdi

Angliyada fil o‘zini iPhone yordamida suratga tushirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Angliyada fil o‘zini iPhone yordamida suratga tushirdi
  • Дата релиза: 31-05-14, 12:39
Angliyada fil o‘zini iPhone yordamida suratga tushirdi
Angliyaning Vustershir
grafligida joylashgan safari-
parkdagi fil qoldirib ketilgan
iPhone’dan foydalanib, o‘zini
suratga oldi. Bu haqda Daily
Mail xabar berdi.

Hayvonot bog‘iga tashrif
buyurganlardan biri Skott
Brayerli mashinada o‘tirib
hayvonlarni suratga olayotgan
vaqtida telefonini tushirib
qo‘ygan. Nazoratchilar uning
yo‘lda davom etishini talab
qilishgan.
Biroz vaqtdan so‘ng unga
telefonini topib berishgan. Uni
yoqib, foydalanuvchi filning
selfisini ko‘rgan va hayratdan
yoqa ushlagan. Latabi laqabli
fil xartumi bilan ekranga tegib
ketib, tasodifan o‘zini suratga
olgani ma’lum bo‘ldi.
Latabi biryo‘la ikkita selfi
tushirib, ehtimol dunyodagi ilk
fil selfisi muallifiga aylandi.
Nazoratchilardan birining
aytishicha, bog‘da ko‘pchilik
telefonini tushirib qo‘yadi,
biroq avval bunday hodisa
kuzatilmagan. “Biz Latabi bilan
faxrlanamiz”, — dedi u.
Логин:
Пароль: