Главная » Yangiliklar » ​Anvar qori Tursunov bugun vafot etdi...
​Anvar qori Tursunov bugun vafot etdi...

​Anvar qori Tursunov bugun vafot etdi...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Anvar qori Tursunov bugun vafot etdi...
  • Дата релиза: 13-06-18, 22:48
​Anvar qori Tursunov bugun vafot etdi...
Anvar qori Tursunov bugun, 13 iyun kuni tongda vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma`lum qildi.

Anvar qori 5 aprel kuni mikroinsultni boshdan kechirib operasiya qilinganidan beri shifoxonada qolayotgan edi. 5 may kuni uning komadan chiqqani aytildi, biroq keyinchalik ahvoli baribir og`irligi ma`lum qilingan edi.

Ma`lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1981 yil Toshkent davlat universiteti (O`zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda «Yoshlik» jurnalida muharrir vazifasida boshlagan.

So`ngra Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi ilmiy xodimi, Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo`yicha katta muharrir lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

Diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi va «Xoja Ahror Valiy» masjidi imom-xatibi bo`lib ishlagan. 2015 yildan «Minor» masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bu yil qori-domla 60 yoshga to`lgan bo`lardi.

Saytimiz nomidan, Anvar qori Tursunov oilasiga o`z hamdardlik bildiramiz.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: