Главная » Yangiliklar » Anvar Sobirov Shahlo Temirova bilan munosabatlarini “qonuniylashtirib” oldi
Anvar Sobirov Shahlo Temirova bilan munosabatlarini “qonuniylashtirib” oldi

Anvar Sobirov Shahlo Temirova bilan munosabatlarini “qonuniylashtirib” oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Anvar Sobirov Shahlo Temirova bilan munosabatlarini “qonuniylashtirib” oldi
  • Дата релиза: 10-04-17, 22:02
Anvar Sobirov Shahlo Temirova bilan munosabatlarini “qonuniylashtirib” oldi
5 ta aktrisa orasida o`ziga munosib juft sifatida aktrisa Shahlo Temirovani tanlab olgan xonanda Anvar Sobirov vanihoyat u bilan “nikohdan o`tdi”.

Albatta bu filmning suratga olish jarayonidan lavha.

Ayni damda “Begona bahor” filmi ijodkorlari yangilikka qo`l urgan. Film ijodkorlari tomonidan drama-tragediya janrida “Oppoq orzular” deb nomlangan yangi film suratga olishmoqda. Film rejissyori Ibrohim Rasulov.

Undagi bosh rollarni xonanda va aktyor Anvar Sobirov hamda aktrisa Shahlo Temirova ijro etmoqda. Suratga olish ishlari bir necha kun oldin boshlangan. Jarayon aks etgan video lavhalar ijodkorlarning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylanmoqda.

“Shahlon qonuniy rasmiylashtirib oldim”, deb yozadi Anvar Sobirov quyida joylagan videoroligi ostiga.
Darvoqe, yuqorida Anvar Sobirov Shahlo Temirovani aktrisalar Jamila G`ofurova, Zarina Nizomiddinova, Yulduz Rajabova hamda Shahzoda Matchonovalar orasidan tanlab olgan edi. Anvar Sobirov tomonidan o`tkazilgan so`rovnomada 87 foiz ovoz bilan aktrisa Shahlo Temirova g`olib bo`lgandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: