Главная » Yangiliklar » ​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi
​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi

​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi
  • Дата релиза: 03-02-17, 19:43
​Apple dunyodagi eng qimmat brend nomini qo`ldan boy berdi
Dunyodagi eng qimmat brend nomi edilikda Google’ga tegishli – uning qiymati 2016 yil boshidan to 2017 yil boshiga qadar 88,2 dan 109,5 milliard dollarga ko`tarildi.

Bu haqda Brand Finance kompaniyasining yangi hisobotida ma`lumot chop etildi. Bir yilda internet-korporasiya eng qimmat brendlar ro`yxatida Apple kompaniyasini ortda qoldirib, ikkinchi o`rindan birinchiga ko`tarildi. Uning brendini tadqiqotchilar 107,1 milliard dollarga baholashdi. Bir yil oldin ushbu ko`rsatkich 145,9 milliard dollarni tashkil qilgan.

Dunyoning eng qimmat brendlari o`ntaligiga sakkizta xaytek-kompaniya kirdi. Shu tarzda uchinchi o`rin Amazon.com, to`rtinchi AT&T va beshnchi pog`ona Microsoft brendiga nasib qildi. Samsung, Verizon va Facebook olti, etti va to`qqizinchi o`rinlarni egallashdi.

Brand Finance tomonidan tayyorlangan ro`yxatda 500 eng qimmat brend kiritilgan.
Логин:
Пароль: