Главная » Yangiliklar » Apple eski iPhone’lar ishini hech qachon sekinlashtirmaslikka va’da berdi
Apple eski iPhone’lar ishini hech qachon sekinlashtirmaslikka va’da berdi

Apple eski iPhone’lar ishini hech qachon sekinlashtirmaslikka va’da berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple eski iPhone’lar ishini hech qachon sekinlashtirmaslikka va’da berdi
  • Дата релиза: 29-12-17, 21:15
Apple eski iPhone’lar ishini hech qachon sekinlashtirmaslikka va’da berdi
Amerikaning Apple korporatsiyasi rahbariyati eski iPhone modellari ishining tezligi ataylab pasaytirilgani uchun iste’molchilardan uzr so‘radi, deb yozadi “TASS”. Kompaniyadagilar boshqa hech qachon bunday qilmaslikka va’da berdi.

Shu bilan birga, kompaniya smartfonlarga o‘rnatilgan akkumulyatorlar vaqt o‘tishi bilan o‘z quvvatini yo‘qotishini aytdi. To‘satdan o‘chib qolishlar oldini olish uchun iOS operatsion tizimiga o‘zgarishlar kiritilgan, ular muayyan vazifalar bajarilishini sekinlashtirib qo‘ygan.

“Ba’zilaringiz Apple’ni ishonchingizni oqlamaganlikda ayblashingizni bilamiz. Biz kechirim so‘raymiz”, — deyishdi Apple’dagilar.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: