Главная » Yangiliklar » Apple iOS 8’ga Samsung’niki kabi oq-qora ish rejimini kiritdi
Apple iOS 8’ga Samsung’niki kabi oq-qora ish rejimini kiritdi

Apple iOS 8’ga Samsung’niki kabi oq-qora ish rejimini kiritdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple iOS 8’ga Samsung’niki kabi oq-qora ish rejimini kiritdi
  • Дата релиза: 06-06-14, 10:33
Apple iOS 8’ga Samsung’niki kabi oq-qora ish rejimini kiritdi
Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari iOS 8’ga kiritilgan yangiliklarni o‘rganishmoqda. Ular tizimning WWDC 2014 anjumanida e’lon qilinmagan yangi imkoniyatlarini topishdi. Ulardan biri — oq-qora ish rejimi, deya xabar berdi Mail.ru.

Shunisi qiziqki, Apple Samsung’ni bir necha yillardan buyon o‘z g‘oyalari va dizaynini o‘g‘irlashda ayblayotgan bo‘lsa-da, iOS 8’da uning o‘zi raqobatchisining g‘oyasidan foydalanmoqda. Oq-qora ish rejimi dastlab Galaxy S5’da paydo bo‘lgan, hozirda Galaxy Note 3 va Galaxy S4 yangi proshivkalarida ham mavjud.

iOS-qurilmalarda ushbu rejimda skrinshot olinsa, xuddi Samsung’dagidek rangli bo‘lib chiqadi.

Biroq shuni ta’kidlash joizki, Apple oq-qora rejimni Samsung’nikidan farqli maqsadda qo‘llaydi. Samsung shu tariqa o‘zining Super AMOLED matritsalari energiya iste’molini kamaytirsa, Apple’da ushbu rejim Accessibility (jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun “maxsus imkoniyatlar”) menyusida joylashgan. Ushbu menyu orqali ranglarni teskarisiga o‘zgartirish, virtual lupadan foydalanish yoki axborotni tinglash mumkin.
Логин:
Пароль: