Главная » Yangiliklar » Apple iPhone akkumulyatorlarini muddatidan bir oy avval chegirma bilan almashtira boshladi
Apple iPhone akkumulyatorlarini muddatidan bir oy avval chegirma bilan almashtira boshladi

Apple iPhone akkumulyatorlarini muddatidan bir oy avval chegirma bilan almashtira boshladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple iPhone akkumulyatorlarini muddatidan bir oy avval chegirma bilan almashtira boshladi
  • Дата релиза: 04-01-18, 16:00
Apple iPhone akkumulyatorlarini muddatidan bir oy avval chegirma bilan almashtira boshladi
Apple kompaniyasi eski akkumulyatorlarni yangisiga almashtirish aksiyasini e’lon qilingan muddatdan bir oy oldin ishga tushirdi, deb xabar beradi Tjournal.

Kompaniya iPhone 6 va oldinroq sotuvga chiqarilgan qurilmalar akkumulyatorlarini 79 dollarga emas, 29 dollarga almashtirishni taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, akkumulyator sotib olingan payt bilan solishtirganda 80 foiz quvvatni tezroq yo‘qotayotgan va 500 marta quvvatlantirilgan bo‘lsa uni almashtirish mumkin.

Do‘kondagi konsultant smartfondagi boshqa zararlanishlarni bartaraf etish uchun diagnostik test o‘tkazadi. Agar iPhone ta’mirtalab bo‘lsa, uning egasiga batareya almashtirish rad etiladi. Shuningdek, muammosiz quvvatlanadigan akkumulyatorlar ham almashtirib berilmaydi.

Apple’ning akkumulyatorlarni chegirma bilan almashtirish aksiyasi 2018-yilning dekabrigacha davom etadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: