Главная » Yangiliklar » Apple iPhone uchun O‘zbekistondan oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi
Apple iPhone uchun O‘zbekistondan oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi

Apple iPhone uchun O‘zbekistondan oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple iPhone uchun O‘zbekistondan oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 01-06-14, 22:47
Apple iPhone uchun O‘zbekistondan oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi
Apple kompaniyasi O‘zbekistondan oltin sotib oldi. Uni o‘zining mobil qurilmalari va kompyuterlari uchun ishlatmoqchi. Bu haqda Apple’ning AQSh qimmatbaho qog‘ozlari va birjalari bo‘yicha komissiyasining metallardan xomashyo yetkazib beruvchilar haqida birinchi hisobotida ma’lum qilindi.
Unda Apple o‘zining iPhone, iPad, Mac, iPod, Apple TV, displey va aksessuarlari uchun metallarni qayerdan sotib olishi ayon bo‘lgan. Hujjatda kompaniyaning O‘zbekiston zavodlari bilan hamkorlik qilishi ko‘rsatilgan.

Qurilmalardagi kontakt (elektr simlarini ulovchi qism)larni qoplashda qo‘llaniladigan oltin O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan xarid qilingan.

Hujjatda, shuningdek oltin va boshqa metallarni sotuvchi qolgan davlatlar ham ko‘rsatilgan.

Hisobotga ko‘ra, 2013-yilda Apple’ga metall xomashyosi yetkazib bergan zavodlarning to‘rtdan bir qismi Xitoyda, 26 tasi Indoneziyada, 24 tasi Yaponiyada, 17 tasi AQShda, 11 tasi Rossiyada, 2 tasi O‘zbekistonda va qolganlari boshqa mamlakatlarda joylashgan.
Логин:
Пароль: