Главная » Yangiliklar » Apple kompaniyasi iPhone 8 taqdimoti sanasini e’lon qildi
Apple kompaniyasi iPhone 8 taqdimoti sanasini e’lon qildi

Apple kompaniyasi iPhone 8 taqdimoti sanasini e’lon qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple kompaniyasi iPhone 8 taqdimoti sanasini e’lon qildi
  • Дата релиза: 01-09-17, 22:46
Apple kompaniyasi iPhone 8 taqdimoti sanasini e’lon qildi
Amerikaning Apple korporatsiyasi 12-sentabr kuni yangi mahsulotlari taqdimoti o‘tkazilishini tasdiqladi, deb yozadi Forum Daily. Kompaniya jurnalistlarga tadbirga taklifnomalarni tarqatdi.

“Biznikida uchrashamiz. Marhamat, Kupertino (Kaliforniya shtati)dagi Stiv Jobs teatrida o‘tkaziladigan birinchi tadbirimizga keling!”, — deyiladi Apple taklifnomasida. Taqdimot ertalab 10:00 da boshlanadi.

Taqdimotda korporatsiya uchta yangi iPhone’ni — iPhone 7s, iPhone 7s Plus va iPhone 8 ni namoyish etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Apple TV va Apple Watch smart soatining yangilangan versiyalarini taqdim etishi mumkin.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: