Главная » Yangiliklar » Apple Music servisining dizayni to‘liq yangilandi
Apple Music servisining dizayni to‘liq yangilandi

Apple Music servisining dizayni to‘liq yangilandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple Music servisining dizayni to‘liq yangilandi
  • Дата релиза: 14-06-16, 22:16
Apple Music servisining dizayni to‘liq yangilandi
Apple kompaniyasi Apple Music musiqiy strimming servisining tashqi ko‘rinishini to‘liq yangiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Yangi dizayndagi servis Ishlab chiquvchilar xalqaro konferensiyasi (WWDC 2016)da namoyish etildi. Foydalanuvchilar yangi Apple Music’dan iOS 10 chiqishi bilan bahramand bo‘lishi mumkin. Ishlab chiquvchilar birinchi ekranga foydalanuvchining musiqiy kutubxonasini joylashtirdi, bungacha dasturga kirilganda foydalanuvchiga yangi musiqalar taklif qilinar va shaxsiy tavsiyalar berilar edi. Shuningdek, qo‘shiqlar tinglash bilan bir vaqtda, ularning matnlarini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Логин:
Пароль: