Главная » Yangiliklar » Apple’ni sudga berib, undan 999 999 999 000 dollar talab qilishdi
Apple’ni sudga berib, undan 999 999 999 000 dollar talab qilishdi

Apple’ni sudga berib, undan 999 999 999 000 dollar talab qilishdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple’ni sudga berib, undan 999 999 999 000 dollar talab qilishdi
  • Дата релиза: 27-12-17, 22:35
Apple’ni sudga berib, undan 999 999 999 000 dollar talab qilishdi
Apple kompaniyasi ataylab smartfonlar ishini sekinlashtirib qo‘yganini tan olgach, kaliforniyalik Violetta Maylyan ismli ayol kompaniyani sudga berib, undan 999 999 999 000 (999 milliard 999 million 999 ming) dollar to‘lashni talab qildi, deb yozadi TJournal.

Nashr ta’kidlashicha, bu smartfonlar ishlashining sekinlashuvi yuzasidan Apple’ga qarshi berilgan birinchi da’vo emas. Ammo boshqa da’vogarlarning talablari nisbatan “mo‘tadil” edi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Apple kompaniyasi ba’zi iPhone modellarida litiy-ionli batareyalar quvvati pasayib borgani sari, smartfonlar ishini qo‘llab-quvvatlash uchun mahsuldorlik ataylab pasaytirilishini tan olgan edi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: