Главная » Yangiliklar » Apple’ning yangi iPhone’lari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Apple’ning yangi iPhone’lari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Apple’ning yangi iPhone’lari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Apple’ning yangi iPhone’lari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
  • Дата релиза: 24-05-17, 20:12
Apple’ning yangi iPhone’lari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Tarmoqda yangi iPhone’larning suratlari namoyish etildi. Slashleaks saytiga joylashtirilgan suratlarda iPhone 7s, 7s Plus va iPhone 8’larni ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, suratlar iPhone’lar uchun korpus ishlab chiqaradigan Xitoydagi zavoddan olingan. Suratdagi maketlar ishlab chiqarishda robotlashtirilgan dastgohlar orqali nusxa ko‘chirishda foydalanilishi taxmin qilinmoqda.

Suratlarga ko‘ra, iPhone 7s va 7s Plus’ning korpus hamda ekrani Apple kompaniyasining yettinchi avlod qurilmasi modeli ko‘rinishida bo‘ladi. O‘z navbatida iPhone 8’ning o‘lchami smartfonning oddiy versiyasidan biroz kattaroq, biroq unga 5,8 dyuymli hoshiyasiz OLED-ekran o‘rnatiladi.

Avvalroq, bu kabi suratlarni BGR portali ham e’lon qilgandi.

Yangi iPhone 2017-yilning kuzida, Apple’ning yillik taqdimotida taqdim etiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya bir vaqtning o‘zida uchta qurilmani chiqaradi, shulardan ikkitasi iPhone’ning hozirgi modellarini takomillashgan versiyasi bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: