Главная » Yangiliklar » Aqli zaiflikning asosiy sababi ma’lum qilindi
Aqli zaiflikning asosiy sababi ma’lum qilindi

Aqli zaiflikning asosiy sababi ma’lum qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Aqli zaiflikning asosiy sababi ma’lum qilindi
  • Дата релиза: 13-12-17, 23:01
Aqli zaiflikning asosiy sababi ma’lum qilindi
Mochevinaning hujayra va to‘qimalarda to‘planishi bosh miyaga o‘nglab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti professori Gart Kuper boshchiligidagi olimlarning xalqaro guruhi ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, mochevinaning miyada konsentratsiya bo‘lishi qarilikda yuzaga keladigan aqli pastlikning yettita sababidan biri bo‘lgan Gentington sindromi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan. Kuperning so‘zlariga ko‘ra, yangilik aqli zaiflikning barcha turlariga xos.

Mochevina oqsilning aminokislotalarga tushishi natijasida organizmga ta’sir qiladigan kimyoviy birikma hisoblanadi. Bu jarayon miya uchun xavfli bo‘lgan toksik ammiakning hosil bo‘lishiga olib keladi. Jigarda ammiak mochevinaga aylanadi, u yerdan esa qonga tarqaladi, organizm bo‘ylab aylanib, filtrlanish jarayonida buyraklarda ajraladi.

Miyadagi mochevina konsentratsiyasini tahlil qilish uchun olimlar gazli xromatografiyaning ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan. Me’yorning to‘rt barobarga oshishi toksik darajali hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: