Главная » Yangiliklar » AQSh hukumati 11-sentabr voqealari takrorlanishi mumkinligi haqida ma’lum qildi
AQSh hukumati 11-sentabr voqealari takrorlanishi mumkinligi haqida ma’lum qildi

AQSh hukumati 11-sentabr voqealari takrorlanishi mumkinligi haqida ma’lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQSh hukumati 11-sentabr voqealari takrorlanishi mumkinligi haqida ma’lum qildi
  • Дата релиза: 05-09-14, 18:24
AQSh hukumati 11-sentabr voqealari takrorlanishi mumkinligi haqida ma’lum qildi

AQSh hukumati ikki Liviya davlat aviakompaniyalariga qarashli kamida 11 ta yo‘lovchi samolyoti “Liviya tongi” radikal tashkiloti ixtiyorida ekanligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

 Samolyotlar avgust oyi so‘ngida Liviya poytaxti Tripoli shahri aeroporti jangarilar tomonidan qurshab olinganida terrorchilar qo‘liga o‘tgan. “Al Arabiya” telekanalining ma’lum qilishicha, hozirda terrorchilar poytaxtdagi bir qancha hukumat binolari ustidan ham nazorat o‘rnatgan.

 Oq uy ayni damda mazkur laynerlar 2001-yil 11-sentabrda “Al Qoida” tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik harakatlariga o‘xshash voqealarni takrorlash uchun foydalanilishidan xavfsiramoqda.

 Radikal aqidaparastlar 2001-yildan so‘ng bir necha bor 11-sentabr kuni terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga uringan. Xususan, bundan ikki yil muqaddam aynan shu kuni Bengazidagi AQSh elchixonasida jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida Amerikaning Liviyadagi elchisi Kris Stivens halok bo‘lgan edi.

 Bundan avvalroq Liviya poytaxtidagi AQSh elchixonasi radikal guruhlar tomonidan egallab olingani haqida xabar bergan edik.

Логин:
Пароль: