Главная » Yangiliklar » AQShda 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olindi
AQShda 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olindi

AQShda 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olindi
  • Дата релиза: 26-06-17, 21:16
AQShda 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olindi
AQShning Arkanzas shtati rasmiylari 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Politsiya 60 yoshli Stiven Dishmanni Springdeyl shahridagi uyida qo‘lga oldi. U 1985-yil mayida jazo muddatini o‘tayotgan qamoqxonadan qochib ketgandi.

Dishman 1984-yilda o‘g‘irlikda ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Biroq oradan uch yil o‘tib, 1987-yilda qamoqdan shartli ravishda ozod etilish imkoniyatiga ega edi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: