Главная » Yangiliklar » AQShda 9 yoshli qiz o‘q otish bo‘yicha instruktorni tasodifan otib o‘ldirdi
AQShda 9 yoshli qiz o‘q otish bo‘yicha instruktorni tasodifan otib o‘ldirdi

AQShda 9 yoshli qiz o‘q otish bo‘yicha instruktorni tasodifan otib o‘ldirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda 9 yoshli qiz o‘q otish bo‘yicha instruktorni tasodifan otib o‘ldirdi
  • Дата релиза: 27-08-14, 22:39
AQShda 9 yoshli qiz o‘q otish bo‘yicha instruktorni tasodifan otib o‘ldirdi

AQShning Arizona shtatida 9 yoshli o‘quvchi qiz o‘q otish mashg‘ulotida tasodifan instruktorni boshidan otib o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar berdi Washington Post.

 Hodisa Uayt Hillz shahrida sodir bo‘ldi. 39 yoshli Chalz Vakka o‘quvchi qiz yonida turib, unga “Uzi” pulemyot to‘pponchasidan qanday foydalanish kerakligini ko‘rsatayotgan bo‘lgan. Qizcha yakkam-dukkam rejimida bir necha bora o‘q uzgan, biroq shundan so‘ng qurol to‘liq avtomatik rejimga o‘tib qolgan. Qurol qattiq tepa boshlagach, qizaloq uni qo‘lidan chiqarib yuborgan, u qizning boshi ustidan uchib o‘tib Vakkuga o‘q uzgan.

 Instruktor vertolyotda Las-Vegas kasalxonasiga keltirilgan, u yerda bir necha soatdan so‘ng vafot etgan.

 Fojia yuz bergan otish mashqlari o‘tkaziladigan maydon qoidalariga ko‘ra, o‘quvchilar kamida 8 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. 8—17 yoshlilar mashg‘ulotga ota-onalari hamrohligida kelishi kerak. Mahalliy sherif hech qanday ayblov e’lon qilinmasligini ta’kidladi.

Логин:
Пароль: