Главная » Yangiliklar » AQShda egasini talonchilardan himoya qilgan it to‘rtta o‘qdan so‘ng omon qoldi
AQShda egasini talonchilardan himoya qilgan it to‘rtta o‘qdan so‘ng omon qoldi

AQShda egasini talonchilardan himoya qilgan it to‘rtta o‘qdan so‘ng omon qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda egasini talonchilardan himoya qilgan it to‘rtta o‘qdan so‘ng omon qoldi
  • Дата релиза: 27-02-18, 10:15
AQShda egasini talonchilardan himoya qilgan it to‘rtta o‘qdan so‘ng omon qoldi
AQShning De-Moyn shahrida egasini talonchilardan himoya qilgan nemis ovcharkasiga to‘rt marotaba o‘q uzildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

16 yoshli Xavyer Merkadoga ko‘ra, 22-fevral kuni uyining ikkinchi qavatida bo‘lib turganida noma’lum mashina kelgani va pastda oyna singanini eshitadi. U shkafga berkinadi va politsiyani chaqiradi, Reks esa pastga yuguradi.

Jinoyatchilar Merkado yashiringan xonaga kirganda, it yana ularga tashlandi. Darg‘azab bo‘lgan talonchilar ovcharkaga qarata to‘rt marotaba o‘q uzadi.

Jinoyatchilar politsiya mashinasi tovushini eshitib, qochib ketdi. Ular hozirgacha topilgani yo‘q.

Itni oyoqqa turg‘izish uchun 10 ming dollar turadigan murakkab operatsiya talab qilindi. Internet orqali e’lon qilingan xayriya tadbirida 56 ming dollar to‘plandi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: