Главная » Yangiliklar » AQShda eng kuchli magnit yasaldi
AQShda eng kuchli magnit yasaldi

AQShda eng kuchli magnit yasaldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda eng kuchli magnit yasaldi
  • Дата релиза: 17-12-17, 22:46
AQShda eng kuchli magnit yasaldi
AQShning Yuqori magnit maydoni milliy laboratoriyasi olimlari tarixdagi eng kuchli o‘ta yuqori o‘tkazuvchan magnit yaratilganini ma’lum qildi. Shu tariqa ular mazkur sohada jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabar berilishcha, magnit avvalgi rekordchidan 33 foizga, shuningdek, oddiy muzlatgichdagi magnitdan uch ming martaga kuchli. Ishlanma so‘nggi 40 yil ichidagi sohada amalga oshirilgan eng ahamiyatli ish hisoblanadi.

Magnit 32Т nomini olgan hamda past haroratli va yuqori haroratli o‘tkazgichlar kombinatsiyasidan tayyorlangan.

Uning butun dunyo olimlari tomonidan foydalanilishiga imkoniyat keyingi yilda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: