Главная » Yangiliklar » AQShda Google Play orqali yangi filmlarni oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘ldi
AQShda Google Play orqali yangi filmlarni oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘ldi

AQShda Google Play orqali yangi filmlarni oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda Google Play orqali yangi filmlarni oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘ldi
  • Дата релиза: 12-10-14, 23:07
AQShda Google Play orqali yangi filmlarni oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘ldi

7-oktabr sanasidan boshlab AQShda Google Play orqali yangi filmlarni oldindan buyurtma qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.Google Play internet-do‘konidan filmlarni Android yoki kompyuter orqali birdek oldindan buyurtma qilish mumkin. Bunda film taqdim etilganida birinchilardan bo‘lib, uni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Filmlar esa Google Play’ning oldindan buyurtma qilish ro‘yxatidagilar orasidan tanlanadi.
 Hozircha, faqatgina AQShda Google Play orqali filmlarni oldindan buyurtma qilish mumkin. Yaqin kelajakda esa ushbu imkoniyat boshqa bir qancha davlatlarda ham joriy qilinadi. Biroq, aynan qaysi davlatlarda ushbu xizmat joriy qilinishi haqida Google ma’lumot bermagan.
 Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar Google’ning Play Movies loyihasida kino ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Логин:
Пароль: