Главная » Yangiliklar » AQShda iste’molchilar 500 mingta Galaxy Note 7 smartfonini do‘konlarga qaytardi
AQShda iste’molchilar 500 mingta Galaxy Note 7 smartfonini do‘konlarga qaytardi

AQShda iste’molchilar 500 mingta Galaxy Note 7 smartfonini do‘konlarga qaytardi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda iste’molchilar 500 mingta Galaxy Note 7 smartfonini do‘konlarga qaytardi
  • Дата релиза: 25-09-16, 19:22
AQShda iste’molchilar 500 mingta Galaxy Note 7 smartfonini do‘konlarga qaytardi
Amerikalik iste’molchilar do‘konlarga 500 mingta Galaxy Note 7 smartfonini qaytardi. Samsung AQShdan mazkur modeldagi jami 1 million qurilmani qaytarib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”. Mamlakatda almashtiruv dasturi 21-sentabrda boshlandi. Amerikaliklarning aksariyati almashtirish uchun kompaniyaning boshqa mahsuloti yoki pul to‘lovini emas, smartfonni olishni ma’qul ko‘rmoqda. Biroq ular (garchi Samsung birinchi kunning o‘zida 500 mingta qurilma bo‘lishini va’da qilgan bo‘lsa-da), yangi telefonlarning keltirilishi haqida ma’lumotlar yetarli emasligi va boshqa muammolardan nolimoqda. Janubiy Koreya mutasaddilari kompaniyaga Galaxy Note 7 xaridorlariga tovon to‘lash muddatini uzaytirish va akkumulyatorlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Shu bois Samsung tovon to‘lash dasturining yakunlanishi muddatini 26-sentabrdan 30-sentabrga ko‘chirdi. Kompaniya aksiyalari Seulda 23-sentabr, juma kungi birja savdolarida 3 foizga arzonladi.
Логин:
Пароль: