Главная » Yangiliklar » AQShda maktab o‘quvchisi dinozavrni o‘ldirgani haqida insho yozgani uchun hibsga olindi
AQShda maktab o‘quvchisi dinozavrni o‘ldirgani haqida insho yozgani uchun hibsga olindi

AQShda maktab o‘quvchisi dinozavrni o‘ldirgani haqida insho yozgani uchun hibsga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda maktab o‘quvchisi dinozavrni o‘ldirgani haqida insho yozgani uchun hibsga olindi
  • Дата релиза: 22-08-14, 22:49
AQShda maktab o‘quvchisi dinozavrni o‘ldirgani haqida insho yozgani uchun hibsga olindi

AQShning Janubiy Karolina shtati
 Sammervil shahrida 16 yoshli
 maktab o‘quvchisi o‘zi yozgan insho uchun politsiya tomonidan hibsga olindi. Aleks Stoun ismli bu yigitcha maktabda vazifa sifatida berilgan inshosida to‘pponcha sotib olib, qo‘shnisining dinozavrini
 o‘ldirgani haqida yozgan. Unga
 bezorilik ayblovi e’lon qilindi va
 o‘qishdan vaqtinchalik chetlatildi.
 Bu haqda Worldnow xabar berdi.

 Maktabda o‘quvchilarga Facebook’dagi shaxsiy sahifaga
 yoziladigan post uslubida kichik
 hikoya yozish vazifasi beriladi.
 Stoun o‘z hikoyasini to‘qib yozadi
 va uning uydirma ekanligini hamma tushunishiga shubha ham
 qilmaydi. Biroq maktab rahbariyati
 Stounning inshosi haqida unda
 “to‘pponcha sotib oldim” degan
 jumla bo‘lgani sababli politsiyaga
 xabar beradi. Ta’lim muassasasiga yetib kelgan huquq muhofazachilari bolaning shaxsiy javonini va ryukzagini tintib chiqadi, biroq hech qanday qurolni topa olmaydi. O‘spirinning onasi o‘g‘lining yoshi
 qurol sotib olish uchun juda kichik
 ekanligi aytdi. U shuningdek, maktab rahbariyatining xatti-
 harakatlaridan g‘azablanganini,
 ular politsiyadan avval ota-onaga xabar berishi kerakligini ta’kidladi.
 Yigitchaning o‘zi esa ushbu voqea
 uning tavsifnomasida aks etishi
 tufayli bunday insho yozganidan
 afsusdaligi aytdi. Shu bilan birga u
 o‘z xatti-harakati bilan hech kimga zarar yetkazmaganini qayd etdi.

Логин:
Пароль: