Главная » Yangiliklar » AQShda qirg‘izistonlik talaba mozorda turmushga chiqdi
AQShda qirg‘izistonlik talaba mozorda turmushga chiqdi

AQShda qirg‘izistonlik talaba mozorda turmushga chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda qirg‘izistonlik talaba mozorda turmushga chiqdi
  • Дата релиза: 26-07-14, 01:54
AQShda qirg‘izistonlik talaba mozorda turmushga chiqdi
AQShning Nebraska shtatida joylashgan Forest Lawn mozori hududidagi 101 yillik kichik ibodatxonada qirg‘iz Janil Jumadinova Oliver Bonem-Karterga turmushga chiqdi. Bu haqda Omaha gazetasi xabar berdi

Odatda, mazkur ibodatxona dafn marosimlarida ishlatiladi. Janoza o‘qilgach, qabr yerto‘ladagi krematoriyga tushiriladi.

Janilning aytishicha, uning yurtida ruhlar borligiga ishonishgani uchun ham u nikoh marosimini mozorda o‘tkazishdan qo‘rqmagan. Bundan tashqari, kuyovning bir qancha ajdodlari shu mozorga dafn etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda turmush qurish qo‘rqinchli emas, negaki nikoh marosimida beriladigan qasamga ham tirik, ham vafot etgan minglab insonlar guvoh bo‘ladi.

Oliver, shuningdek, butun hayoti davomida ota-onasining Angliyadagi qishloq mozori yaqinida joylashgan uyda yashagani uchun bunday joylarga o‘rganib qolganini qo‘shimcha qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Janil va Oliver joriy yilning boshida kichik nikoh marosimini o‘tkazgan. Mozordagi nikoh marosimi esa barcha qarindosh va do‘stlar, xususan, Qirg‘izistondan yetib kelganlar uchun o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, 100 mingdan ziyod kishi dafn etilgan mazkur mozor maydoni 114 gektarni tashkil etadi.
Логин:
Пароль: