Главная » Yangiliklar » AQShda ulkan olabug‘a balig‘i nahangni butunligicha yutib yubordi
AQShda ulkan olabug‘a balig‘i nahangni butunligicha yutib yubordi

AQShda ulkan olabug‘a balig‘i nahangni butunligicha yutib yubordi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShda ulkan olabug‘a balig‘i nahangni butunligicha yutib yubordi
  • Дата релиза: 23-08-14, 22:41
AQShda ulkan olabug‘a balig‘i nahangni butunligicha yutib yubordi

AQShning Florida shtati qirg‘oqlarida baliqchilar g‘aroyib voqeaga guvoh bo‘lishdi. Ularning ko‘z o‘ngida ulkan olabug‘a balig‘i (okun) nahangni yutib yubordi, deya xabar berdi ABC News. Baliqchilar ushbu hodisani videoga tushirib, Youtube’ga joyladi. 19-avgust kuni yuklangan lavha hozirgacha 11 milliondan ortiq marta tomosha qilingan.

 Videolavhada kishining bir metr uzunlikdagi nahangni suvdan chiqarib olayotgani aks etgan. Shu payt suv tagida qora soya paydo bo‘ladi va to‘satdan ulkan olabug‘a suvdan otilib chiqib, shu zahoti nahangni yutib yuboradi.

 Tirik tabiat va baliqlarning kamyob turlarini asrash bo‘yicha shtat komissiyasi ekspertining aytishicha, olabug‘alar yirik yirtqichlar bo‘lib, ularning og‘irligi 360 kilogramm, uzunligi esa 2,5 metrgacha yetishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda, ular uch metr va undan ham chuqurroq hududda kattagina o‘ljalarni ovlashi mumkin.

 Ular baliq, sakkizoyoq, qisqichbaqasimonlar va kichik toshbaqalar bilan oziqlanadi. Biroq ularning o‘zlari baliqchilar o‘ljasiga aylanishi oson, shu tufayli Floridada olabug‘alarni ovlash taqiqlangan.

Логин:
Пароль: