Главная » Yangiliklar » ​AQShdagi tornado qurbonlarining soni 14 taga etdi
​AQShdagi tornado qurbonlarining soni 14 taga etdi

​AQShdagi tornado qurbonlarining soni 14 taga etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​AQShdagi tornado qurbonlarining soni 14 taga etdi
  • Дата релиза: 01-05-17, 21:58
​AQShdagi tornado qurbonlarining soni 14 taga etdi
AQShda ro`y bergan tornado qurbonlarining soni 14 taga etdi, bir necha kishi bedarak yo`qoldi, o`nlab odamlar tan jarohati oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

O`tgan yakshanba kuni AQShning janubiy va markaziy qismi jala va quyun girdobida qoldi. Bir paytning o`zida mamlakatning bir nechta shtatlarida tabiiy ofat ro`y berdi. Texas shtati boshqa shtatlardan ko`ra ko`proq ziyon ko`rdi. Shiddatli girdob 50 kilometr davomida yo`lida uchragan hamma narsani vayronaga aylantirdi. O`nlab oilalar boshpanasiz qoldi, besh yuzga yaqin mahalliy aholi turli darajadagi tan jarohati oldi.

Missuri shtatidagi kuchli toshqin oqibatida bir ayol halok bo`ldi, uning avtomashinasini kuchli suv oqimi oqizib ketdi. Ikki nafar bola bedarak yo`qoldi, ayni paytda ularni qidirilmoqda. Ko`chalarni suv bosgan, yuzga yaqin odam yashash joyida evakuasiya qilindi. O`n mingga yaqin uy chiroqsiz qoldi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: