Главная » Yangiliklar » AQShga borish istagida bo'lganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi
AQShga borish istagida bo'lganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi

AQShga borish istagida bo'lganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: AQShga borish istagida bo'lganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi
  • Дата релиза: 24-03-17, 16:52
AQShga borish istagida bo'lganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi
Davlat departamenti Amerikanning elchixona va konsulliklariga AQShga sayyohlik vizasini olmoqchi bo`lgan ayrim guruhdagi shaxslarni sinchkovlik bilan tekshirish talabini yubordi.

Bu haqda Associated Press xabar berdi. Agentlikning xabar berishicha, aynan qanday guruhdagi odamlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Mazkur tavsiyalar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni tekshirishni ham o`z ichiga oladi. Bu bilan vizaga ariza beruvchilar terrorchilar bilan aloqada bor yoki yo`qligi, “Islom davlati” nazoratidagi hududlarda bo`lganligi tekshiriladi.

Tavsiyalar 17 mart kuni AQShning barcha diplomatik missiyalariga jo`natilgan. AQSh davlat departamentida mazkur harakat AQShga xavf tug`idirishi mumkin bo`lganlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilayotganligini ma`lum qilishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: