Главная » Yangiliklar » Aqto`bedagi YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi
Aqto`bedagi YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi

Aqto`bedagi YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Aqto`bedagi YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi
  • Дата релиза: 26-02-18, 20:12
Aqto`bedagi YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi
Xromtau tumani markaziy shifoxonasi bosh shifokori o`rinbosari Lyudmila Volnenkoning aytishicha, kecha kechqurun turli darajadagi tan jarohati olgan 9 nafar O`zbekiston fuqarosi kasalxonaga keltirilgan. Ulardan uch nafari xotin-qiz, olti nafari esa erkak kishi bo`lgan.

“Ulardan birining jarohati o`rta og`irlikda edi. Qolganlarining esa qoniqarli darajada. Jabrlanganlar tunda bizning nazoratimiz ostida bo`lishdi.
Xotin-qizlardan biri bosh miya chayqalishi jarohati olgan ekan. U kasalxonaga qolishni rad etdi.
Qolganlarga tibbiy yordam ko`rsatildi. Ularda, asosan, burun, qovurg`a sinishi jarohatlari aniqlandi. Ularning ahvoli qoniqarliligi bois ertalab javob berib yubordik”, — deydi shifokor.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonning Aqto`be viloyatida YTH oqibatida avtobus yo`lovchilari bo`lgan etti nafar O`zbekiston fuqarolari turli darajadagi tan jarohatlari bilan Xromtau tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Avtobus salonida 25 nafar yo`lovchi bo`lgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: