Главная » Yangiliklar » ​Argentinalik yigit elfga o`xshash uchun qariyb 40 ming dollar sarfladi
​Argentinalik yigit elfga o`xshash uchun qariyb 40 ming dollar sarfladi

​Argentinalik yigit elfga o`xshash uchun qariyb 40 ming dollar sarfladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Argentinalik yigit elfga o`xshash uchun qariyb 40 ming dollar sarfladi
  • Дата релиза: 11-05-17, 22:20
​Argentinalik yigit elfga o`xshash uchun qariyb 40 ming dollar sarfladi
Argentinaning Buenos Ayres shahrida yashovchi 25 yoshli yigit Luis Padron bolaligidanoq elf, farishtalar va boshqa fantastik mavjudotlarga qiziqardi. Aynan shu qiziqishi tufayli tengqurlari uning ustidan kulishardi.

Argentinalik yigit ulg`aygach, fantastik mavjudotlardan biriga aylanishga qaror qildi.

U 14 yoshli paytida boshidagi sochlarini oqartirdi. Endilikda yigit turli xildagi kremlar, bo`yoqlar, ukol va quyoshdan himoya qiluvchi kremlar uchun har oyda 5 ming dollar pul sarflamoqda.

Luis, shuningdek plastik jarrohlik uchun 35 ming dollar sarfladi. U iyagi shaklini o`zgartirdi, rinoplastika qildirdi. Yigit sog`lig`iga tavakkal qilgan holda ko`zlari shaklini ham o`zgartirdi.

Fentezi olami ishqibozi umumiy hisobda 40 ga yaqin jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Padron endilikda tashqi ko`rinishi bilan boshqalardan tubdan farq qiladi. U boshqalarning fikri o`zini umuman qiziqtirmasligini aytadi.

Biroq, tabiiyki mukammalikning chegarasi yo`q. Shuning uchun hozir argentinalik quloqlari shaklini o`zgartirish yoki ular o`rniga implantant qo`yishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Padron bo`yi uzunligi 180 santimetrga etishi uchun yana bir jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: