Главная » Yangiliklar » Asal oyi filmi fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Asal oyi filmi fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

Asal oyi filmi fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Asal oyi filmi fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
  • Дата релиза: 28-02-18, 14:19
Asal oyi filmi fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Jahongir Ahmedovning “Asal oyi” filmi fevral oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Fevral oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Asal oyi” filmidan keyingi o‘rinlarni Dadaxon Obidovning “Yuragimdasan”, Ruslan Ibragimovning “Egizak oshiqlar”, Ruslan Ibragimovning “Qaysar sevishganlar” Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Ahmadboy va Rahmatboy”, “Yovuz”, “Do‘stim hind” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

19-fevral — 25-fevral oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Asal oyi” (komediya)

Rejissor — Jahongir Ahmedov

2-o‘rin. “Yuragimdasan” (melodrama)

Rejissor — Dadaxon Obidov

3-o‘rin. “Egizak oshiqlar” (jangari komediya)

Rejissor — Ruslan Ibragimov

4-o‘rin. “Qaysar sevishganlar” (komediya)

Rejissor — Ruslan Ibragimov

5-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)

Rejissor — Durdona To‘laganova
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: