Главная » Yangiliklar » ASAL ShODIEVA HAYoTIDAGI ENG KATTA XATOSINI AYTDI
ASAL ShODIEVA HAYoTIDAGI ENG KATTA XATOSINI AYTDI

ASAL ShODIEVA HAYoTIDAGI ENG KATTA XATOSINI AYTDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ASAL ShODIEVA HAYoTIDAGI ENG KATTA XATOSINI AYTDI
  • Дата релиза: 02-11-17, 12:44
ASAL ShODIEVA HAYoTIDAGI ENG KATTA XATOSINI AYTDI
MyDay so`nggi vaqtda kinolarda kamnamo bo`lib qolgan, o`z brendiga asos solgan va musiqaga ko`proq vaqt ajrata boshlagan aktrisa Asal Shodieva bilan qisqa suhbat uyushtirdi.

Juda mushkul

Men uchun birovni kuldirish juda mushkul. Shu ishning uddasidan chiqa olmayman.

Kechirmayman

Sotqinlikni aslo kechirmayman. Hayotda ko`p narsani kechirish mumkin. Lekin sotqinlik aslo kechirilmaydi, deb hisoblayman.

Xarakterim

Talabchanman, ayniqsa o`zimga nisbatan haddan tashqari.

Voz kecha olmayman

Oilamdan aslo voz kecha olmayman.

Huzur bag`ishlaydi

Musiqa mening jon-u dilim, menga huzur bag`ishlaydigan asosiy narsa.

G`ashimga tegadi

Ahmoqlik va omilik mening g`ashimga tegadi.

Eng katta xatoim

Eng katta xatoim Konservatoriyaga o`qishga kirmaganim bo`lsa kerak.

Miel men uchun

So`nggi paytlarda bor vaqtim, o`y-xayollarim Miel bilan bog`liq. Miel men uchun umid va ishonch. Bu brendga asos solishimdan maqsad odamlarga quvonch ulashish.

Eng katta orzum

Eng katta orzularimdan biri Andrea Bochellini ko`rish edi, bu orzum ushaldi. Yana bir katta orzum – Al Pachinoni ko`rish.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: