Главная » Yangiliklar » “ASIAN FIGHT-2017” STIVEN SIGAL IShTIROKISIZ O`TDI
“ASIAN FIGHT-2017” STIVEN SIGAL IShTIROKISIZ O`TDI

“ASIAN FIGHT-2017” STIVEN SIGAL IShTIROKISIZ O`TDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “ASIAN FIGHT-2017” STIVEN SIGAL IShTIROKISIZ O`TDI
  • Дата релиза: 10-09-17, 18:45
“ASIAN FIGHT-2017” STIVEN SIGAL IShTIROKISIZ O`TDI
9 sentyabr kuni poytaxtning “Bunyodkor” stadionida ASIAN FIGHT xalqaro sport turniri bo`lib o`tdi.

Mazkur turnirda Jan Klod Van Damm, Jef Monson va Fyodor Emelyanko kabi jahon yulduzlari ishtirok etishi ko`pchilikda qiziqish uyg`otgan edi.

Biroq turnirga sanoqli kunlar qolganida mazkur taniqli shaxslar O`zbekistonga kela olmasligi ma`lum bo`ldi. Tadbir tashkilotchilari Jan Klod Van Damm betobligi tufayli kela olmasligi, uning o`rniga esa boshqa yulduz ya`ni jang san`ati ustasi Stiven Sigal tashrif buyurishini ma`lum qilishdi. Biroq noma`lum sabablarga ko`ra, sport turniri Stiven Sigalning ishtirokisiz o`tdi.

Sport turnirida miks-silat yo`nalishidagi 8ta jang o`tkazildi. Ularning ettitasida o`zbekistonlik sportchilarning qo`li baland keldi.

Birgina engil vazn toifasidagi vakilimiz Ulug`bek Umarov afg`onistonlik sportchiga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Qolgan 7 nafar sportchilar musobaqalarda g`alaba qozonishdi.

Dastlab Ayyubxon Kamolov hindistonlik Vikashni muddatidan avval parterdagi ustunlik evaziga taslim etdi. Keyin esa xuddi shunday usul evaziga Isroil Rasulov singapurlik Muhammad Kairini engdi.

Hasanxon Baratov rossiyalik Mixail Koldorkinni mag`lub etdi.

Jasur Mirzamuhammedovning raqibi kiprlik sportchi bo`ldi. Jasur ikkinchi raundda Vartan Aparyanni mag`lubiyatga uchrata oldi.

Ahliddin Mirzadavlatov esa qozog`istonlik sportchini birinchi raundda taslim etdi.

MMA yo`nalishida jahon chempioni Mahmud Muradov ozarbayjonlik Ziya Mirzaev ustidan g`alaba qozondi.

Sport turnirida estrada xonandalari ham chiqish qildi. Nilufar Usmonova, Shoira Otabekova, Nilufar, Munisa Rizaeva kabi xonandalarning qo`shiqlari tomoshabinlarga a`lo kayfiyat baxsh etdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: