Главная » Yangiliklar » ​Asli qrimlik bo`lgan xonanda Jamola ona vataniga borishga haqqi yo`qligidan nolidi
​Asli qrimlik bo`lgan xonanda Jamola ona vataniga borishga haqqi yo`qligidan nolidi

​Asli qrimlik bo`lgan xonanda Jamola ona vataniga borishga haqqi yo`qligidan nolidi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Asli qrimlik bo`lgan xonanda Jamola ona vataniga borishga haqqi yo`qligidan nolidi
  • Дата релиза: 11-05-17, 22:19
​Asli qrimlik bo`lgan xonanda Jamola ona vataniga borishga haqqi yo`qligidan nolidi
“Evrovidenie-2016” qo`shiq tanlovi g`olibasi, ukrainalik xonanda Jamola, ona vatani Qrimda konsert berish istagi borgini ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

“Qrimda konsert berish orzuim bor, ming afsuski, ayni paytda konsert berish tugul Qrimda yashovchi, betob buvamni ko`rib kelish uchun ham ruxsat yo`q”, deb nolidi xonanda. Jamola nima uchun Qrimga borishi mumkin emasligini izohlamadi.

Jamola (haqiqiy ismi Susanna Jamaladinova) Stokgolmda o`tkazilgan “Evrovidenie-2016” qo`shiq tanlovida Stalin davrida qrim tatarlarning deportasiya qilinishiga bag`ishlangan “1944” qo`shig`i bilan g`alaba qozongan edi. Uning g`alabasi Ukrainaga “Evrovidenie-2017” qo`shiq tanlovini o`tkazish huquqini berdi. Kievda o`tkazilgan mazkur tanlovning yarim final bosqichi 10 may kuni bo`lib o`tdi, ikkinchi bosqichi 11 may kuni, final bosqichi esa 13 may kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: