Главная » Yangiliklar » ​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI
​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI

​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI
  • Дата релиза: 12-07-17, 00:08
​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI
Freeform kanali va Marvel Television “Yangi jangchilar” serialidagi bosh qahramon roli ijrochilarini topdi, deb yozadi “Anons.uz”.

Yangi serialda bosh qahramonni asli o`zbekistonlik bo`lgan 30 yoshli Milana Vayntrub ijro etadi.

“Marvel”ning boshqa loyihalaridan farqli o`laroq ushbu serial komediya janrida bo`ladi va unda o`zining super qobiliyatlariga ko`nikishga harakat qiladigan olti inson haqida hikoya qilinadi.

Loyihada “Marvel”ning eng mashhur qahramoni Milana Vayntraub jonlantiradigan Olmaxon-qiz bo`ladi. Dorin Grin ismli olmaxon-qiz “Marvel”ning eng qiziquvchan qahramonlaridan biri. 14 yoshli Dorin Grin “Temir odam”ga yordamchi bo`lishga harakat qilgan. Doktor Dumni, Tanosni, Galaktusni, M.O.D.O.K.ni va Ego tirik sayyorasini enggan. Olmaxon-qiz Dedpul bilan birga ham ishlagan, unga Olimp xudosini ozod qilishda yordam ko`rsatgan. Olmaxonlar bilan gaplasha oladi, juda kuchli, chiroyli momiq dumga hamda o`tkir tish va tirnoqlarga ega. Jarohat olganida tezda qayta tiklana oladi.

Ma`lumot uchun, aktrisa Toshkentda tug`ilgan, keyinchalik ota-onasi bilan birga uch yoshida ko`chib ketgan. Vayntrub besh yoshidan boshlab Barbi qo`g`irchoqlari reklama roligida suratga tushgan. San-Diegoda komediya janrini o`rgangan, YouTube’da Live Prude Girls serialini namoyish etgan, turli teleloyihalarda, jumladan, mashhur “Bu biz” serialida ishtirok etgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: