Главная » Yangiliklar » «ASTMAM BOR, ERTA NAFAQAGA ChIQOLAMANMI?»
«ASTMAM BOR, ERTA NAFAQAGA ChIQOLAMANMI?»

«ASTMAM BOR, ERTA NAFAQAGA ChIQOLAMANMI?»

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: «ASTMAM BOR, ERTA NAFAQAGA ChIQOLAMANMI?»
  • Дата релиза: 22-10-17, 10:43
«ASTMAM BOR, ERTA NAFAQAGA ChIQOLAMANMI?»
-Chet davlatda ishlab yurganimda astma kasaliga chalinganman. Uzoq vaqt davolandim. Xastaligim bois 47 yoshimda nafaqaga chiqmoqchi edim. Pensiya jamg`armasiga murojaat qilsam, Rossiyada bo`lganingizda qaysi kasalxonada davolangan bo`lsangiz, o`sha erdan tibbiy ma`lumotnoma olib keling deyishdi. Axir u erga yana qaytib borolmayman-ku? Nima qilsam bo`ladi?

Sobir Hasanov, Samarqand viloyati

- «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 15- va 16-moddalariga asosan nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

Sog`lig`ini yoki mehnat qobiliyatini yo`qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.

Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to`g`risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.

Shu munosabat bilan yashash manzilingiz bo`yicha joylashgan TMEK bo`limiga davolovchi vrach yo`llanmasi asosida tibbiy hujjatlar bilan murojaat etish tavsiya etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: