Главная » Yangiliklar » Astronomlar koinotda yulduziga nisbatan eng katta sayyorani aniqladi
Astronomlar koinotda yulduziga nisbatan eng katta sayyorani aniqladi

Astronomlar koinotda yulduziga nisbatan eng katta sayyorani aniqladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Astronomlar koinotda yulduziga nisbatan eng katta sayyorani aniqladi
  • Дата релиза: 05-11-17, 13:36
Astronomlar koinotda yulduziga nisbatan eng katta sayyorani aniqladi
Buyuk Britaniyadagi Uorvik universiteti tadqiqotchilari boshchiligidagi astronomlar guruhi tomonidan oldinlari mavjudligi ehtimoli juda kam hisoblangan ulkan sayyora aniqlandi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.

NGTS-1b kodli nomi bilan atalgan gazli obyekt koinotdagi o‘z yulduziga nisbatan eng katta sayyora hisoblanadi. Uning o‘lchami Yupiter bilan teng, biroq 20 foiz yengilroq. Yulduz esa Quyoshga nisbatan ikki barobar kichik va yengil.

Sayyora o‘z yulduziga o‘ta yaqin, ularning o‘rtasidagi masofa Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan yo‘lning 3 foiziga teng. Obyekt uning atrofida 2,5 kun mobaynida aylanib ulguradi, demak, sayyorada yil ham shuncha davom etadi. Harorat esa 530 daraja yoki 800 kelvinga teng.

Mazkur tizim Yerdan 600 yorug‘lik yili uzoqda joylashgan.

NGTS-1b mavjudligi sayyoralarning hosil bo‘lishi nazariyalariga zid hisoblanadi, chunki ularga ko‘ra, bunday kichik yulduz atrofida shunchalik katta o‘lchamdagi sayyora hosil bo‘lishi mumkin emas.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: