Главная » Yangiliklar » Asu Aladjaxan hayotini o`zgartirmoqchi...
Asu Aladjaxan hayotini o`zgartirmoqchi...

Asu Aladjaxan hayotini o`zgartirmoqchi...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Asu Aladjaxan hayotini o`zgartirmoqchi...
  • Дата релиза: 07-02-18, 14:24
Asu Aladjaxan hayotini o`zgartirmoqchi...
Serialda Asu Aladjaxan rolini ijro etgan aktrisa Melisa Asli Pamuk haqidagi ma`lumotlar ham “Sevgi iztiroblari”ning ixlosmandlariga qiziq bo`lsa ajabmas...

— Ota-onam, akam doim yonimda va meni qo`llab-quvvatlashadi. Bolalikdagi do`stlarim bilan hanuzgacha uchrashib turamiz, ularni judayam yaxshi ko`raman. Hayotimni televidenie bilan bog`lashim xayolimga ham kelmagandi, garchi oilamdagilar shu sohada bo`lsa ham. Xolam aktrisa, otam ham shu “olam”da faoliyat yuritadi. Bolaligimda kosmetolog bo`lishni orzu qilganman. Biroq ilk bor “Dat zit wel snor” nomli golland filmida bosh rolni ijro etdim.

Shundan so`ng 12 yoshimda kareramni modellikdan boshlab, 17 yoshimgacha ishladim. Orada reklama, filmlarda suratga tushib, faoliyatimni aktrisalikda davom ettirdim. Vaqt o`tib, modellikdan ko`ra aktyorlik menga ko`proq yaqin ekanini angladim. 17 yoshimda Amsterdam universitetining psixologiya fakultetiga o`qishga kirdim, biroq o`qishim oxiriga etmadi. Hayotimga o`zgartirish kiritish maqsadida Gollandiyadan Istambulga bordim. “Miss Turkiya" tanlovida qatnashib ko`rishga ahd qildim. 2011 yilning 2 iyunida “Miss Turkiya" sovrinini avvalgi g`olib Gizem Memichdan qabul qilib oldim, - deydi aktrisa intervyularidan birida..

Aktrisa 2012 yili “Yer Gök Aşk” serialida ishtirok etgach, aktyorlikka jiddiy e`tibor qaratishga qaror qiladi. Turk tilidagi nutqini qay darajada takomillashtira olishini bilish maqsadida nutq va notiqlik mahoratidan darslar ola boshlaydi. Ta`kidlash joiz, Melisa ingliz, nemis, golland tillarini biladi, fransuz tilida ham mukammal bo`lmasa-da so`zlasha oladi. Aktrisa ko`plab ustozlardan aktyorlik mahorati saboqlarini olgan.

2014 yil rollar borasida aktrisa uchun omadli keldi. 2015 yil Melisa “Kara Sevda” serialida suratga tushib, aktyorlik karearsini anchayin mustahkamlab olgan.

Fakt:

Melisa Asli Pamuk 1991 yilning 14 aprelida Gollandiyaning Xarlem shahrida tug`ilgan. Uning bolaligi ham shu erda o`tgan.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: