Главная » Yangiliklar » Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak
Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak

Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak
  • Дата релиза: 12-06-16, 21:42
Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak
Asomov “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida farzandlari bilan Avaz Oxunning konsertiga tushgani, lekin qiziqchining gaplariga umuman kulmaganini bildirgandi . “Diydor aziz” nashri taniqli so‘z ustasining aytganlariga munosabatini bilish uchun Avaz Oxun bilan bog‘landi .

— Bilasizmi, so‘z ustalari, ya’ni hamkasblarimni kuldirish qiyin. Chunki ular latifalarimizni eshitib, kamchilik va yutuqlarni tahlil qiladi. Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi, “mutaxassis” bo‘lib emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak, — deydi Avaz Oxun. — Biz ham repetitsiya jarayonida uncha-muncha hazillarimizga kulmaymiz. San’atkor
hamkasbining gaplariga kulmasa-da, yuziga tabassum yugurmasa-da, “shu yerini boplabdi, topib gapiribdi” deya tan berishi mumkin. Yaqinda “Handalak”chilarning konsertiga tomoshabin sifatida tushdim va yaxshi madaniy hordiq chiqardim, yurakdan yayrab kuldim.

Manba: daryo.uz
Логин:
Пароль: