Главная » Yangiliklar » Avstraliya politsiyasi Melburn markazida Yangi yil kechasi terakt amalga oshirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi
Avstraliya politsiyasi Melburn markazida Yangi yil kechasi terakt amalga oshirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi

Avstraliya politsiyasi Melburn markazida Yangi yil kechasi terakt amalga oshirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Avstraliya politsiyasi Melburn markazida Yangi yil kechasi terakt amalga oshirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi
  • Дата релиза: 28-11-17, 21:32
Avstraliya politsiyasi Melburn markazida Yangi yil kechasi terakt amalga oshirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi
Avstraliyaning Viktoriya shtati politsiyasi Melburn fuqarosini qo‘lga oldi: unga Yangi yil oqshomida teraktga tayyorgarlikda ayblov e’lon qilinadi. Bu haqda shtat politsiyasi komissari o‘rinbosari Sheyn Petton ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Hibsga olingan shaxs kelib chiqishi Somalidan bo‘lgan oilada tug‘ilgan Avstraliya fuqarosi. U 20 yoshda, jinoiy rejalarini amalga oshirish uchun avtomat qurol sotib olish va keyinchalik, Yangi yil arafasida Federatsiya maydoniga kelib, odamlarni o‘qqa tutishni mo‘ljallagan. Mazkur shaxs IShIDning ochiqdan-ochiq tarafdori hisoblanadi”, — dedi Petton.

Melburndagi Federatsiya maydonida 31-dekabr kuni kechki payt Yangi yilni kutib olish uchun shaharning yuz minglab aholisi va sayyohlar yig‘iladi.

Politsiya vakiliga ko‘ra, bu yerda amalga oshiriladigan teraktning oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin edi, chunki ayblanuvchi imkon boricha ko‘proq odam o‘ldirish niyatida bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: