Главная » Yangiliklar » Avstraliya qirg‘og‘idan tomog‘iga dengiz yo‘lbarsi tiqilib o‘lgan ulkan akula topildi
Avstraliya qirg‘og‘idan tomog‘iga dengiz yo‘lbarsi tiqilib o‘lgan ulkan akula topildi

Avstraliya qirg‘og‘idan tomog‘iga dengiz yo‘lbarsi tiqilib o‘lgan ulkan akula topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Avstraliya qirg‘og‘idan tomog‘iga dengiz yo‘lbarsi tiqilib o‘lgan ulkan akula topildi
  • Дата релиза: 20-07-14, 02:18
Avstraliya qirg‘og‘idan tomog‘iga dengiz yo‘lbarsi tiqilib o‘lgan ulkan akula topildi
Avstraliya hukumati g‘arbiy qirg‘og‘idan bo‘g‘ziga yirik dengiz yo‘lbarsining qoldiqlari tiqilib qolgan ulkan oq akulaning tanasini topdi. Baliq xo‘jaligi departamenti taxminlariga ko‘ra, yirtqich o‘ljasini yamlay olmay, halok bo‘lgan.

To‘rt metrlik akulaning tanasi G‘arbiy Avstraliya shtati sohilidan topilgan. Baliq xo‘jaligi departamentining aytishicha, halok bo‘lgan yirtqichda jarohat yoki kasallik belgilari aniqlanmagan. Hozirda hukumat akula halokatining aniq sababini o‘rganmoqda.

Mutaxassis Rori Makoulining so‘zlariga ko‘ra, yirik dengiz yo‘lbarsi yirtqichning ichki organlariga jabr qilgan yoki oyquloq orqali suv aylanishining yo‘lini to‘sib qo‘ygan va unga nafas yetmay qolgan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, u bo‘g‘zini tozalashga urinib, sayozlikda qolib ketgani uchun ham o‘lgan bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.
Логин:
Пароль: