Главная » Yangiliklar » Avstraliyadagi noyob mevadan tayyorlangan dori rak o‘simtalarini ikki haftada davoladi
Avstraliyadagi noyob mevadan tayyorlangan dori rak o‘simtalarini ikki haftada davoladi

Avstraliyadagi noyob mevadan tayyorlangan dori rak o‘simtalarini ikki haftada davoladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Avstraliyadagi noyob mevadan tayyorlangan dori rak o‘simtalarini ikki haftada davoladi
  • Дата релиза: 12-10-14, 23:04
Avstraliyadagi noyob mevadan tayyorlangan dori rak o‘simtalarini ikki haftada davoladi

Avstraliyada o‘sadigan noyob o‘simlik mevasidan tayyorlangan dori ikki hafta ichida sichqonlar ustida olib borilgan tajribalarda rak o‘simtalarining 70 foizini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda The Guardian.

 EBC-46 deb nomlangan dori faqatgina Avstraliyaning Kvinslend shtati shimolidagi tropik o‘rmonlarda o‘sadigan Hylandia dockrillii nomli o‘simlik mevalaridan tayyorlangan. Olimlar dorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sichqonlar terisidagi o‘simtalarga, shuningdek, 300 ga yaqin uy hayvonlarining (it, mushuk va otlar) bo‘yin va boshlariga yuborib, o‘zgarishlarni kuzatib borgan. Bir qancha o‘zgarishlardan keyin terida rak alomatlari umuman qolmagan.

 Hozirda dorini insonlarda sinab ko‘rish uchun ruxsat olingan. Tadqiqot mualliflarining fikricha, ushbu dori rakni kimyoviy usul bilan davolashni to‘liq almashtira olmasa ham, bu usuldan foydalanish ta’qiqlangan mijozlar uchun qo‘l kelishi mumkin.

Логин:
Пароль: