Главная » Yangiliklar » Ayollarning go`zallik borasidagi 8 xatosi
Ayollarning go`zallik borasidagi 8 xatosi

Ayollarning go`zallik borasidagi 8 xatosi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ayollarning go`zallik borasidagi 8 xatosi
  • Дата релиза: 22-10-16, 20:27
Ayollarning go`zallik borasidagi 8 xatosi
1. Yuz terimiz qaysi turga mansubligini bilmaymiz. Tan olish kerak, haqiqatan ham shunday. Vaxolanki, yog`upa, tonal krem harid qilayotganda bu, albatta, inobatga olinishi lozim. Aks holda o`ttiz yoshdan so`ng teri toshmalari, pigment dog`lar paydo bo`ladi.
2. Tozalash muolajalari bajarilmaydi. Aksariyat hollarda shunchaki atir sovuni yordamida yuzimizni tozalagandek bo`lamiz-u, aslida esa qilayotgan ishimiz qanchalik to`g`ri ekanligini o`ylamaymiz ham. Hozirda turli yoshga mo`ljallangan tozalash vositalari bor. hamyoningiz imkoniyatlariga qarab, birini tanlang-da, yuz teringizni parvarishlang.
3. Pardoz shu xolicha qolib ketaveradi. Ko`pincha tushni o`chirish uchun mo`ljallangan tonikdan so`ng ko`z qovoqlarini parvarishlovchi vositalarni surtishni unutib qo`yamiz. Bu holat yuzdagi upani tozalashda ham takrorlanadi.
4. Teri namligini nazorat qilmaymiz. Mavsumiy o`zgarishlar terini quritib yuboradi. Ustiga-ustak pardoz vositlari ham nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ajinlar muddatidan ilgari paydo bo`lmasligi uchun teri namligini me`yorlashtiruvchi usullarni kanda qilmang.
5. Quyosh nuridan himoyalamaymiz. Bu nafaqat yozda, balki qishda ham kerakli bo`lgan muolaja. Mavsumga qarab, parvarishlovchi vositalarni tanlab, ko`chaga chiqishdan oldin ulardan foydalaning. Aks holda terida turli o`zgarishlar kuzatilishi mumkin.
6. Kosmetik vositalar miqdori oshib ketadi. Tonal krem ustidan upa surtish, ko`z qovoqlariga ikki-uch qavat tendan foydalanish terini qaritadi. Lablar ham bir necha bo`yoqlar ta`sirida quruqlashadi. Buning oldini olish uchun bir turdagi sifatli pardoz vositalaridan foydalaning.
7. Taomnomani nazorat qilmaslik. Egan-ichganimiz organizmga so`rilishi hisobidan teri ham oziqlanadi. Muntazam achchiq-sho`r, qovurilgan mahsulotlar esa teri uchun zararli.
8. Suyuqlik miqdorini bilmaslik. Organizm suvsizlanib qolsa, teri quruqlashib, labda sho`ralash jarayoni yuzaga keladi. Ayniqsa, kosmetik pardoz vositalaridan muntazam foydalanadiganlar ko`proq suyuqlik ichishlari kerak.
Логин:
Пароль: