Главная » Yangiliklar » ​Baykerning ryukzagidagi 12 ming rubl shamolga sochildi
​Baykerning ryukzagidagi 12 ming rubl shamolga sochildi

​Baykerning ryukzagidagi 12 ming rubl shamolga sochildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Baykerning ryukzagidagi 12 ming rubl shamolga sochildi
  • Дата релиза: 10-06-17, 21:33
​Baykerning ryukzagidagi 12 ming rubl shamolga sochildi
Xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi peterburglik motosiklchining katta yo`lda ryukzagi ochilib ketib, besh ming rubllik kupyuralari shamolga sochildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, parishonxotir millioner pulining havoga sovurilganini darrov payqamadi. U oradan ikki kun kutgach, polisiyaga ariza bilan murojaat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yo`lda sochilib yotgan pullar aks etgan videorolik joylashtirildi. Yo`l juda serqatnov, avtomashinalar katta tezlikda harakat qilayotganiga qaramay, haydovchilar mashinalarini to`xtatib, erdagi pullarni terib olgan.

Aziz ismli ishchi o`zining halolligi bilan boshqalarga o`xshamasligini isbotladi. U bir yarim million rublni to`plab, boshlig`iga berdi, boshliq esa o`z navbatida mazkur pullarni polisiyaga topshirdi. Hozircha pulning egasiga 2 million rubl qaytarildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: