Главная » Yangiliklar » Bayram arafasida poytaxtga 15 ta kondisionerli avtobus keltirildi
Bayram arafasida poytaxtga 15 ta kondisionerli avtobus keltirildi

Bayram arafasida poytaxtga 15 ta kondisionerli avtobus keltirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bayram arafasida poytaxtga 15 ta kondisionerli avtobus keltirildi
  • Дата релиза: 07-12-18, 03:51
Bayram arafasida poytaxtga 15 ta kondisionerli avtobus keltirildi
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Konstitusiyamizning 26 yilligi bayrami arafasida 30 ta katta sig`imli “MAN” va 15 ta “SAZ LE 60” rusumli yo`lovchi avtobuslarini olib keltirdi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumki, bundan avval 31 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilgandi. Barcha qulayliklarga ega transport aholi tomonidan iliq kutib olindi. Boisi avtobuslar zamonaviy isitish va sovutish tizimi, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun qulay chiqish va tushish yo`lagiga hamda maxsus joy — o`rindiqqa ega. Bundan tashqari, “MAN” avtobuslarida yong`inga qarshi uskuna ham joylashtirilgan.

Ta`kidlash joizki, bundan avvalgi avtobuslarimizda sovutuvchi kondisionerlar bo`lmagan. Yangi avtobuslarda esa yo`lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Yaqin kunlarda yana 10 ta “MAN” va 34 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar olib kelinadi.

Ushbu transport vositalari Samarqand viloyatida ishlab chiqarilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: