Главная » Yangiliklar » Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko`chalar ro`yhati e`lon qilindi
Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko`chalar ro`yhati e`lon qilindi

Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko`chalar ro`yhati e`lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko`chalar ro`yhati e`lon qilindi
  • Дата релиза: 20-03-17, 11:35
Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko`chalar ro`yhati e`lon qilindi
O`zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi bayram kunlari transport vositalari harakati cheklanadigan ko`chalar ro`yxatini ma`lum qildi.

19 mart kuni soat 21-00 dan bayram tadbirlari tugagunga qadar:

-Labzak ko`chasi–Zulfiyaxonim ko`chasidan A.Qodiriy ko`chasiga qadar.

-Qorasaroy ko`chasi– A.Qodiriy ko`chasidan Nurafshon ko`chasiga qadar;

2017 yil 20 mart kuni soat 06-00 dan 16-00 gacha:

-A.Qodiriy ko`chasi–Sebzor ko`chasidan Qorasaroy ko`chasiga qadar;

-Zarqaynar ko`chasi–A.Qodiriy ko`chasidan Sag`bon ko`chasiga (“Zarqaynar” supermarketiga) qadar.

2017 yil 21 mart kuni soat 06-00 dan 21-00 gacha:

-A.Qodiriy ko`chasi–Sebzor ko`chasidan Qorasaroy ko`chasiga qadar;

-Zarqaynar ko`chasi–A.Qodiriy ko`chasidan Sag`bon ko`chasiga (“Zarqaynar” supermarketiga) qadar;

Shuningdek, 2017 yilning 21 mart kuni bayram tadbirlari o`tkaziladigan O`zbekiston milliy bog`i, Xadra maydoni, Ibn Sino guzari, M.Ulug`bek bog`i, G`.G`ulom bog`i, Kamolot bog`i, “Grin park” oromgohi, Bog`ishamol bog`i, Temiryo`lchilar bog`i, Lokomotiv bog`i, Furqat bog`i, Nurashfon bog`i, Aviasozlar saroyi, Quyoshcha nuri bog`i, Xayvonot bog`i, Do`stlik bog`i, Bobur bog`i, Baynalminal madaniyat markaziga tutash ko`chalarda va boshqa ko`chalarda xalq sayili vaqtida vaziyat taqazo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to`xtatilishi mumkin.

Sharoit taqozo etganda boshqa ko`chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: